2024-yilning yanvar oyida jami 6 160 ta yangi korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilgan.
Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 2 443 ta
sanoat sohasida – 776 ta
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 559 ta
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 489 ta
qurilish sohasida – 340 ta
axborot va aloqa sohasida – 253 ta
tashish va saqlash sohasida – 215 ta
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida – 139 ta
boshqa sohalarda – 946 ta