2023-yil yakunlariga koʻra, sanoat tarmogʻining Oʻzbekiston Respublikasi YAIMidagi ulushi 26,1 % ni tashkil etgan.
Sanoat tarmogʻining YAHM tarkibidagi ulushi boʻyicha eng yuqori koʻrsatkich Navoiy (70,4 %) va Toshkent (47,0 %) viloyatlarida kuzatilgan.
Sanoatning eng kichik ulushi esa Surxondaryo (7,3 %), Namangan (15,2 %) va Samarqand (15,4 %) viloyatlarida qayd etilgan.