Oʻzbekistonda 2024-yil 1-yanvar holatiga jami 417 080 ta kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz).
Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 157 344 ta;
sanoat sohasida – 68 564 ta;
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 37 178 ta;
qurilish sohasida – 34 272 ta;
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 28 183 ta;
tashish va saqlash sohasida – 17 716 ta;
axborot va aloqa sohasida – 10 147 ta;
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida – 9 427 ta;
boshqa sohalarda – 54 249 ta.