05/02/2024

2024-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha jismoniy shaxslarga tegishli jami 4 020 744 ta avtotransport vositalari soni mavjud.

Hududlar orasida eng koʻp avtotransport vositalari soni Toshkent shahrida (624 022 ta), shuningdek, Samarqand (448 702 ta) hamda Toshkent (439 660 ta) viloyatlarida qayd etilgan.

Ushbu hududlardagi jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalari soni respublikadagi umumiy avtomobillar sonining 37,6 % ini tashkil etgan.

5wef1we5f1we5fwe51f