02/02/2024

Joriy yilning 1- fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi xodimlari Avstriyaning Vena shahrida Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Vena Birlashgan instituti tomonidan “Institutsional sektorlar hisobi” mavzusida tashkil etilgan seminardagi ishtiroki natijalari boʻyicha taqdimot oʻtkazishdi.

1-7b5a3404

2-7b5a3425

Ushbu seminarda ishtirok etgan Makroiqtisodiy indikatorlarni shakllantirish va tahlil etish boʻlimi boshligʻi Umarjon Obidov va Yashirin iqtisodiyotni statistik baholashni muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Bahodir Gʻofurovlarning olgan bilim va koʻnikmalari hamda yakuniy xulosalarini agentlik xodimlariga yetkazishdi.

3-7b5a3411

4-7b5a3477

Taqdimot ishtirokchilari milliy hisoblar tizimining konseptual asoslari, milliy hisoblar tizimida hisoblar ketma-ketligi, hisoblarni shakllantirish asoslari toʻgʻrisida maʻlumotlar shuningdek, boshqa davlatlarning statistik faoliyati va tajribasi boʻyicha maʻlumotlar hamda rivojlangan mamlakatlar tajribalari bilan tanishtirildi.

5-7b5a3461

6-7b5a3427

Tadbir davomida mavzu yuzasidan fikr-mulohaza almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

7-7b5a3456