2023- yil yakuni uchun taqdim etiladigan 1-nnt shakli (yillik) statistika hisobotini Tashkiliy-huquqiy shakli jamoat birlashmasi, jamoat fondi, muassasa, uyushma (ittifoq) bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlar, xalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxona va filiallari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari 2024-yilning 4-martidan kеchiktirmay;
1-notijorat shakli (yillik) statistika hisobotini Notijorat tashkilotlar (jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar, nodavlat muassasalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari (XUJMSh), Xalq ta’limi vazirligining umumta’lim muassasalaridan tashqari),Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari Xalq ta’limi vazirligining umumta’lim muassasalari yig‘ma hisobotini 2024-yilning 11- martidan kеchiktirmay statistika organlariga elektron shaklda taqdim etishlari shart.
Yuqorida qayd etilgan yillik hisobotlarni my.stat.uz saytidan shaxsiy kabinet orqali Estat- 4.0 ilovasidan elеktron shaklda hisobot taqdim etishlari mumkin.
Statistika hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmagan yoki noto‘gri taqdim etgan korxona va tashkilot rahbarlari va mas'ul xodimlariga nisbatan O‘zbеkiston Rеspublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonunining 40-moddasi hamda O‘zbеkiston Rеspublikasi “Ma'muriy javobgarlik to‘grisidagi Kodеks”ning 215-moddasiga asosan ma'muriy javobgarlik choralari ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.
Surxondaryo viloyat statistika boshqarmasi