Andijon viloyatida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsuloti (xizmat) hajmi 41 590,5 mlrd. soʻmni tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich 2022-yilning yanvar-dekabriga nisbatan 4 % ga oshgan.
Kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsuloti (xizmat) hajmi, tegishli davrda:
2021-yilning yanvar-dekabrida 30 593 mlrd. soʻm;
2022-yilning yanvar-dekabrida 35 864,4 mlrd. soʻmni tashkil etgan.