Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida respublika boʻyicha jami 8 136,2 ming tonna sabzavot yetishtirilgan.
Ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 1,5 % ga oshgan.
Sabzavot yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Andijon viloyati (15,9 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.
Shu bilan birga, Samarqand (15,2 %), Surxondaryo (10,9 %) va Fargʻona (10,3 %) viloyatlarida ham sabzavot yetishtirishning yuqori koʻrsatkichlari qayd etilgan.