11/01/2024

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida respublikamiz boʻyicha jami 91,2 ming tonna baliq ovlangan.

Ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 10,5 % ga oshgan.

Ovlangan baliq umumiy hajmining eng yuqori ulushi Xorazm viloyati (15,4 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.

Shu bilan birga, Toshkent (11,1 %), Jizzax (10,1 %) va Andijon (9,8 %) viloyatlarida ham ovlangan baliqning yuqori koʻrsatkichlari qayd etilgan.

3323