Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida respublika boʻyicha jami 8 579,2 ming tonna sut sogʻib olingan.
Ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 3,5 % ga oshgan.
Sogʻib olingan sut umumiy hajmining eng yuqori ulushi Samarqand viloyati (12,2 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.
Shu bilan birga, Qashqadaryo (10,9 %), Xorazm (10,7 %) va Fargʻona (9,4 %) viloyatlarida ham sogʻib olingan sutning yuqori koʻrsatkichlari qayd etilgan.