Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-sentabr oylarida respublikamiz boʻyicha jami 2 042,9 ming tonna goʻsht (tirik vaznda) yetishtirilgan.
Ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 103,5 % ni tashkil etgan.
Goʻsht yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Qashqadaryo viloyati (11,5 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.
Shu bilan birga, Samarqand (11,3 %), Toshkent (10,9 %) va Buxoro (10,2 %) viloyatlarida ham goʻsht yetishtirishning yuqori koʻrsatkichlari qayd etilgan.