06/01/2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish hamda yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, 2024-yilning 6-dekabr kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida faoliyat olib borayotgan yosh mutaxassislarni viloyatimizdagi "MEBEL SAVDO" MCHJ mebel ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishildi va xodimlar ishtirokida ekskursiya tashkillashtirildi.
Ekskursiya davomida xodimlar korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari va texnologik qurilmalari, shuningdek statistik hisobotlardagi birlamchi buxgalteriya maʼlumotlarining shakllanishi bilan yaqindan tanishdilar.