O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish hamda yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, joriy yilning 28-dekabr kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida faoliyat olib borayotgan yosh mutaxassislarni viloyatimizdagi "TERMIZ STANDART SERVIS" MCHJ profnastil mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishildi va xodimlar ishtirokida ekskursiya tashkillashtirildi.
Barcha turdagi profnastil, aksessuarlar, sendvich panellar, metall cherepitca, ship siding va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilish va yasalishi bilan tanishildi.
"TERMIZ STANDART SERVIS" MCHJ profnastil mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasiga ekskursiya tashkil etildi
29/12/2023