Yangi yil arafasida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi jamoasi hamda Kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan turli tadbirlar tashkil etilib, nafaqadagi sohada xizmat koʻrsatgan xodimlar va ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinmoqda.
Statistika agentligi jamoasi tomonidan ham bayram munosabati bilan uzoq yillar statistika tizimida faoliyat yuritgan mehnat faxriylari holidan xabar olinib, ular bayram bilan tabriklandi. Jumladan, isteʻmol uchun muhim boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari olib borildi.
Bunday savobli amallar orqali qariyalarga maʻnaviy-ruhiy koʻmak berish, ularni yolgʻiz qoldirmaslik va koʻp yillik mehnatlari uchun minnatdorchilik izhor qilish koʻzda tutilgan.
Keksalar agentlik tomonidan doimiy ravishda koʻrsatilayotgan bu kabi maʻnaviy-moddiy koʻmak uchun minnatdorchilik bildirdi.