22/12/2023

Joriy yilning 22-dekabr kuni Statistika agentligi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida “Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda BIG DATA, sunʼiy intellekt va elektron tijorat: muammolar, vazifalar, yechimlar” xalqaro  ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi.

inst_ic1_22122023

inst_ic2_22122023

Unda AQSHning Penselvaniya va Jorjiya universitetlari, Koreya “Statistika trening instituti”, Rossiyaning Ural, Janubiy federal va Moliya universitetlari, Microsoft kompaniyasi, Polsha xalqaro biznes akademiyasi, tegishli vazirlik va idoralari vakillari  hamda Statistika agentligi jamoasi ishtirok etdi.

inst_ic3_22122023

inst_ic4_22122023

Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanni oʻtkazishdan asosiy maqsad – Raqamli iqtisodiyotning nazariy va uslubiy jihatlarini keng yoritib berish, raqamli iqtisodiyotni statistik tahlil qilish metodologiyasini takomillashtirish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda sunʼiy intellektning roli va oʻrnini koʻrsatib berish, shuningdek, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning statistik koʻrsatkichlarni baholash boʻyicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.

inst_ic5_22122023

inst_ic6_22122023

Konferensiyada Statistika agentligi direktori, iqtisod fanlari doktori, professor Begalov Bahodir Abdusalomovich soʻzga chiqib, 2020-2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasida nazarda tutilgan vazifalar haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, yurtimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, mazkur jarayonlarda statistik kuzatuvlarni amalga oshirish hamda manfaatdor vazirlik va idoralar oʻrtasida raqamli maʼlumotlarning tezkor almashinuvini yoʻlga qoʻyish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar borasida ma’lumot berdi.

inst_ic7_22122023

inst_ic8_22122023

Konferensiya yakunida BIG DATA tahlilida sunʼiy intellektni joriy etish, elektron tijorat va iqtisodiyotni raqamlashtirishning asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha takliflar umumlashtirilib, ularning ijrosini samarali amalga oshirish mexanizmlarini joriy etishga kelishib olindi.