Joriy yilning 20-dekabr kuni Termiz shahridagi Yuridik texnikumda aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminarda Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi mas'ul xodimlari, texnikumning o'qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.
Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'lim xodimlari tomonidan Respublikamizda aholini roʼyxatga olish tadbirini oʼtkazishning asosiy maqsad va vazifalari, bu borada ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari haqida ma'lumotlar berildi.
Seminar qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Talabalarning savollariga statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan batafsil javob berildi.