21/12/2023

Joriy yilning 20-dekabr kuni Surxondaryo viloyati statistikasi boshqarmasi Investitsiya va qurilish statistikasi bo’limi boshlig’I Sh. Gaipov tomonidan Termiz shahridagi Yuridik texnikumi talabalariga, Surxondaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish korxonalari soni, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha qurilish ishlari, mulkchilik shakli davlat va nodavlat bo‘lgan tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari bo’yicha ma’lumotlar berdi.
Talabalarning savollariga statistika boshqarmasi bo’limi boshlig’i tomonidan batafsil javob berildi.

Ma'lumot uchun, 2023-yilning 1-dekabr holatiga Surxondaryo viloyatida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soni 2 417 tani tashkil etdi.
Qurilish korxonalarining katta qismi, ya’ni 614 tasi yoki viloyatdagi jami korxonalarning 25,4 % i Termiz shahrida joylashgan.