18/12/2023

2023-yil yanvar-oktabr oylarida respublikamizda transport xizmatlari hajmi 85 540,6 mlrd. soʻmni tashkil etgan.

Bu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 7,6 %ga oshgan.

Hududlar kesimida mazkur yoʻnalish boʻyicha nisbatan yuqori koʻrsatilgan xizmatlar hajmi Toshkent shahri (15 470,5 mlrd. soʻm), Toshkent (5 800,7 mlrd. soʻm), Samarqand (5 429,6 mlrd. soʻm), Fargʻona (3 960,5 mlrd. soʻm) hamda Andijon (3 410,6 mlrd. soʻm) viloyatlarida qayd etilgan.

26_10_2023_wdasdasd2