2023-yilning yanvar-oktabr oylarida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 13 780,7 mlrd. soʻmni tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 9,6 %ga oshgan.
Ushbu xizmatlar boʻyicha eng yuqori oʻsish surʻatlari Samarqand viloyatida qayd etilgan boʻlib, 129,7 %ni tashkil etgan.
Hududular kesimida yashash va ovqatlanish xizmatlarining oʻsish surʻatlari:
Qoraqalpogʻiston Resp. – 104,0 %;
Andijon viloyatida– 107,8 %;
Buxoro viloyatida – 106,1 %;
Jizzax viloyatida – 106,4 %;
Qashqadaryo viloyatida – 109,1 %;
Navoiy viloyatida – 102,7 %;
Namangan viloyatida – 106,8 %;
Samarqand viloyatida – 129,7 %;
Surxondaryo viloyatida – 104,9 %;
Sirdaryo viloyatida – 113,2 %;
Toshkent viloyatida – 105,3 %;
Fargʻona viloyatida – 108,4 %;
Xorazm viloyatida – 108,9 %;
Toshkent shahrida – 109,2 %.