13/12/2023

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyatining barcha tuman va shaharlarida mavjud raqamsiz uylarni raqamlash va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalarga nom belgilarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

1-enuotivarets

2-neovren

Viloyatning olis tog‘li hududlarida joylashgan mahallalarda ham mazkur vazifalarni mutasaddi tashkilotlar tomonidan qay darajada bajarilishi Toshkent viloyati statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganilmoqda.

3-ugenoeryjf

4-rynkots56

Jumladan, viloyatning eng olis hududlaridan biri bo‘lgan Bo‘stonliq tumanidagi Pskom mahallasida o‘rganish o‘tkazilib, mahallaning 3 ta ko‘chasida nom belgilari o‘rnatilmaganligi va 152 ta turar-joylar raqamlanmaganligi aniqlangan.

5-tsketanevtt

6-shdelovrtskik

Aniqlangan holatlar mahalla raisi va mutasaddi tashkilotlar tomonidan qisqa muddatda hal etilib, raqamlanmagan turar joylarning to‘liq raqamlanishi va ko‘chalarga nom belgilarini o‘rnatilishi ta’minlandi.