Transport xizmatlari boʻyicha eng katta ulush – avtomobil transportida yuk va yoʻlovchilarni tashish boʻyicha xizmatlarga toʻgʻri keladi.
2023-yilning yanvar-oktabr oylari yakuniga koʻra, avtomobil transportida yoʻlovchi tashish xizmatlari ulushi 57,5 %ga yetdi.
2023-yilning oʻtgan davrida avtomobil transporti xizmatlari umumiy hajmida yuk tashish xizmatlari ulushi 42,5 % darajada qayd etildi.