2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida 116,3 trln. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.
Ularning tarkibida bino va inshootlar qurilish ishlarining ulushi – 70,7 %ni, fuqarolik obyektlari qurilish ishlari ulushi – 19,8 %ni va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari ulushi – 9,5 %ni tashkil etdi.