11/12/2023

Joriy yilning 7-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida 8-dekabr – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi. Unda agentlik markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

1_-7b5a8483

Tadbirda yangilangan Konstitutsiya mazmun-mohiyati, yangi qoʻshilgan modda va normalar haqida soʻz yuritildi.

2-7b5a1048

Tadbir ishtirokchilariga yangilangan Bosh qomusimizning 6 boʻlim, 27 bob, 155 moddadan iborat boʻlgani, yangi qoʻshilgan modda va normalar haqida maʼlumotlar berildi.

3-7b5a1034

Jumladan, yangi qoʻshilgan moddalarda belgilab qoʻyilgan shaxsiy huquq va erkinliklar haqida batafsil so‘z yuritildi.

4_-7b5a8486

Shuningdek, ishtirokchilar “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining asosiy ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha ham oʻzaro fikr-mulohaza almashishdi.

5

Tadbir soʻnggida qatnashchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

6-7b5a0858