2023-yil 30-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida aholini roʻyxatga olishda migratsiya masalalari boʻyicha vebinar tashkil etildi.
Ushbu tadbir Rossiya Federal davlat statistika xizmati va MDH Statistika qoʻmitasi tomonidan tashkil etildi.
Tadbirda Statistika agentligining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boshqarmasi hamda Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi xodimlari ishtirok etdi.
Vebinar davomida ishtirokchilar aholini roʻyxatga olish boʻyicha amalga oshirayotgan ish tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.
Shuningdek, aholi migratsiyasi va uning etnik-madaniy xususiyatlari toʻgʻrisida maʻlumot toʻplash hamda migratsiya tadqiqotlari borasida fikr-mulohaza almashildi.