Shu kunlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mamlakatimiz boʻylab koʻchat oʻtqazish tadbirlari keng tashkil etilmoqda.
Shu sabab mazkur loyiha shahar va qishloqlarimizni yashil maydonga aylantirish, goʻzal bogʻ-rogʻlar yaratish imkonini bermoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amaliy ishlar izchil tashkil qilinmoqda.
Xususan, Statistika agentligi rahbariyati boshchiligidagi jamoa hamda Toshkent shahar statistika boshqarmasi xodimlari Yangihayot tumanidagi “Yangi turmush” mahallalasida 300 dan ortiq mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekishdi.
Hasharchilar ekilgan koʻchatlar tagini yumshatib, sugʻorishdi. Ushbu mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi va mahalla vakillari bilan koʻchatlar parvarishi va sugʻorilish ishlari nazorati boʻyicha kelishib olindi.