2023-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasida jami 119,6 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.
Respublikada amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 25,0 %ni, kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 56,6 %ni hamda norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari ulushi 18,4 %ni tashkil etdi.