Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023- yilning yanvar-sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 24 248,4 mlrd. so‘mni yoki 2022- yilning mos davriga nisbatan 106,5 % ni,
shu jumladan,
🔷dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar - 23 997,8 mlrd. so‘mni (106,6 %),
🔷o‘rmon xo‘jaligi - 171,6 mlrd. so‘mni (102,0 %),
🔷baliqchilik xo‘jaligi - 79,0 mlrd. so‘mni (113,0 %) tashkil qildi.
Respublika qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarkibida Surxondaryo viloyatining ulushi 8,3 % ni tashkil etdi.