2023-yilning 14–16- noyabr kunlari Janubiy Koreyaning Tedjon shahridagi Statistika kadrlar tayyorlash institutida Xalqaro mehnat tashkiloti hamda Koreya statistika idorasi tomonidan Osiyo va Tinch okeani mintaqasida Xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasi bo‘yicha 9-seminar tashkil etildi.
Ushbu seminarda O‘zbekiston, Armaniston, Bangladesh, Gruziya, Hindiston, Janubiy Koreya, Mongoliya, Nepal, Ozarbayjon, Samoa, Turkiya, Tojikiston, Fidji, Shri-Lanka milliy statistika idoralari mutaxassislar, Xalqaro mehnat tashkilotini ekspertlari hamda Koreya statistika idorasi rahbariyati ishtirok etishdi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Demografiya, mehnat va gender statistikasi bo‘yicha yig‘ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Sardor Meliboyev ham qatnashdi.
Tadbirda ishtirokchilarga xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasidagi so‘nggi o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar berildi.
Shunigdek, mehnat statistikasi bo‘yicha 21-xalqaro konferensiyaning muhim voqealari, 2022–2023-yillardagi Xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasi uchun ma’lumotlarni yig‘ish davrlarining umumiy ko‘rinishlari kabi masalalarda ham fikr-mulohazalar almashildi.
Qatnashchilar tashkil etilgan turli seminarlar davomida xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rgandilar.