21/11/2023

Joriy yilning 21-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Jahon banki missiyasi bilan “Barqaror hududiy rivojlanishda keng ko‘lamli milliy ma’lumotlar infratuzilmasi” loyihasi doirasida uchrashuv o‘tkazildi.

1-7b5a0122

Uchrashuvda Statistika agentligi markaziy apparati xodimlari hamda Jahon banki missiyasi vakillari – Saymon Uillis va Aleksandr Samborskiy ishtirok etishdi.

2

Tadbir davomida “Barqaror hududiy rivojlanishda keng ko‘lamli milliy ma’lumotlar infratuzilmasi” loyihasi doirasida kelgusida amalaga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar xususida fikr-mulohaza almashildi.

3-7b5a0153

Shuningdek, loyihani amalga oshirishda ilg‘or tajribalardan foydalanish masalalari ham muhokama qilindi.

Uchrashuv iliq va do‘stona ruhda o‘tdi.