2023-yilning 17-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Statistika idoralari faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish boʻyicha tadbir oʻtkazildi.
Ushbu tashkil etilgan tadbirda agentlikning Moliya-iqtisodiyot, Inson resurslarini boshqarish va Ishlar boshqarmalari hamda hududiy statistika boshqarmalari xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda Statisitika agentligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati boshligʻi Botir Melikmurotov mavzu yuzasidan soʻz yuritdi.
Tadbirda bugungi kunda statistika idoralarining 55 ta vazifa va funksiyalari Ishchi guruh tomonidan baholanib, shundan 2 tasi yuqori va 5 tasi oʻrta korrupsiyaviy xavf-xatarlar darajasi sifatida baholanganligi qayd etildi.
Shuningdek, tizimda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish maqsadida doimiy ravishda profilaktik ishlar amalga oshirilib, xodimlar faoliyatida “Halollik vaksinasi”ga rioya qilish boʻyicha tizimli ravishda tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.
Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollariga batafsil javob berildi.