Joriy yilning 13–17- noyabr kunlari Koreya Statistika boshqarmasi delegatsiyasi statistika sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, o‘zaro tajriba almashish maqsadida amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
Tashrifning birinchi kuni Koreya Statistika boshqarmasi delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligiga tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida mehmonlar Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Ziyaev Zohidjon Muratovich boshchiligidagi agentlik markaziy apparati vakillari bilan uchrashdilar.
Uchrashuvda ishtirokchilari ikki davlat statistika idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirish masalasida o‘zaro fikr-mulohaza almashdilar.
Ishtirokchilar inson resurslarini rivojlantirish, sifat menejmenti tizimlarini joriy etish, ma’muriy ma’lumotlar bilan ishlash, ma’lumotlarni yig‘ish tizimlari, axborot tizimlari va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildilar.
Eslatib o‘tamiz, bu Koreya Statistika boshqarmasi delegatsiyasining yutimizga joriy yildagi ikkinchi tashrifi. Avvalroq, 15–19- may kunlari Koreya statistikasi delegatsiyasi Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lgan edi. Tashrif chog‘ida Koreya statistika boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi vakillari o‘rtasida yangilangan memorandum imzolangan edi.