10/11/2023

Joriy yilning 10- noyabr kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksini o‘rganish bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Boshqarmaning bosh yuriskonsulti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati boʻyicha seminar tashkil etildi.
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 2023-yil 30-aprel kuni kuchga kirgan. Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi 7 ta boʻlim, 34 ta bob, 581 ta moddadan iborat.

Seminarda yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida nazarda tutilgan majburiy mehnatning taqiqlanishi, xodimning va ish beruvchining majburiyatlari, ishga qabul qilish chogʻidagi dastlabki sinov va uning muddati, mehnat shartnomasini oʻzgartirish, xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish, xodimni ishdan chetlashtirish, dam olish vaqti, mehnat intizomi hamda boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, ushbu kodeks bo’yicha boshqarma xodimlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil javoblar taqdim etildi.