03/11/2023

Kasbiga muhabbatli inson o'z mehnatidan charchamaydi, balki rohatlanadi. Kasbi tufayli atrofdagilarga yordami tegsa, inson o'zini baxtli sezadi. Ana shunda ishida unum va baraka bo‘ladi, faoliyati davomida yutuq va muvaffaqiyatlarga erishadi. Bu U. Alimovning hayotdagi shiori edi.

U. Alimovning Statistika boshqarmasidagi to'rt yillik samarali faoliyati mobaynida respublika hamda viloyat darajasida o'z orni va nufuziga ega bo'ldi.
Usmon Alimov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Statistika boshqarmasida kuzatish tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda U. Alimovning fidoyiligi, ishchanlik salohiyati, insoniy fazilatlari alohida e’tirof etildi.
Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi jamoasi Alimov Usmon Ibrohimovichga mustahkam sog‘lik, kelgusi ishlarida omad va muvaffaqiyatlar tilaydi.