Joriy yilning 3- noyabr kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini o‘rganish bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Boshqarmaning bosh yuriskonsulti tomonidan Konstitutsiyada belgilangan asosiy prinsiplar, jamiyat va shaxs masalalari, xususan davlat xizmatchilari uchun belgilangan huquqiy normalar hamda ularni davlat xizmatchisining har kunlik faoliyatiga tadbiq etish toʻgʻrisida maʼruza va taqdimot qilindi.
Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari himoyasi, ushbu yoʻnalishda qonunchilikni yanada rivojlantirish masalalari hamda inson huquq va erkinliklarini himoya qilishda sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning roli va ahamiyati hamda haqida fikr almashildi.