02/11/2023

Mamlakatimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarini shuningdek, barcha fuqarolarni sportning ommaviy turlariga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

1-7b5a95462-7b5a9552

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish vа ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4954-sonli qarori qabul qilingan. Qarorda nazarda tutilgan vazifalar ijrosini taminlash yuzasidan barcha tashkilotlar ishchi-xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq qilishga qaratilgan turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

3-7b5a94834-7b5a9500

Joriy yilning 2-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Kasaba uyushmasi tomonidan shaxmat musobaqasi tashkil etildi. Mazkur musobaqada markaziy apparat boshqarmalari xodimlari qatnashdi.

5-7b5a95086-7b5a9477

Bunday tadbirlar, o‘z navbatida, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismonan sog‘lom va ma’nan yetuk shaxslar jamiyatini barpo etishga xizmat qiladi. Shuningdek, agentlik tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni sportning ommaviy turlariga keng jalb etish, o`zaro hamjihatlik, birdamlik va do‘stona muhit orqali mehnat faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgani bilan ham muhim ahamiyatga ega.

7-7b5a94897-7b5a9494