26/10/2023

2023- yilning yanvar-sentabr oylarida aloqa va axborotlashtirish (124,8 %), ta’lim sohasidagi (123,5 %), moliya (118,2 %) xizmatlarida yuqori o‘sish sur’ati qayd etildi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining kamayishi me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik  sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlarda qayd etildi (4,3 %ga).

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘sish sur’atlari:

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 124,8 %;

Ta’lim sohasidagi xizmatlar – 123,5 %;

Moliyaviy xizmatlar – 118,2 %;

Boshqa xizmatlar – 117,0 %;

Yashash va ovqatlanish xizmatlari – 110,9 %;

Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar – 110,2 %;

Savdo xizmatlari – 109,0 %;

Transport xizmatlari – 107,3 %;

Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar –106,3 %;

Shaxsiy xizmatlar – 105,2 %;

Kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar – 104,1 %;

Ijara xizmatlari – 101,0 %;

Me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik  sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar – 95,7 %.

yjtrjtjt