24/10/2023

2023- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, viloyatimizda axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar jami soni 330 ta bo‘lib, ularning o‘sish sur‘ati 2019- yilning mos davriga nisbatan 142,2 foizni tashkil etdi. Shuningdek joriy yilda ushbu sohada 71 ta korxonalar yangi tashkil etilib, ularning barchasi kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

 Quyidagi hududlarda ushbu sohada eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxonalar aks etgan:

 Termiz shahrida – 30 ta

Jarqo‘rg‘on tumanida – 8 ta

Uzun tumanida – 6 ta

Oltinsoy tumanida – 5 ta.