Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023- yilning 1- oktabr holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 3 213 tani tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2019- yilning mos davriga nisbatan 125,3 foizga oshgan. Shuningdek faoliyat ko‘rsatayotgan jami korxonalarning (25 250 ta) 12,7 foiz ulushi sanoat korxonalariga to‘g‘ri kelib, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 3 183 tani tashkil etdi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha joylashdi:
Termiz shahrida – 473 ta
Denov tumanida – 369 ta
Sariosiyo tumanida – 242 ta
Sho‘rchi tumanida – 231 ta
Qumqo‘rg‘on tumanida – 223 ta
Uzun tumanida – 221 ta
Sherobod tumanida – 209 ta
Jarqo‘rg‘on tumanida – 192 ta
Termiz tumanida– 179 ta
Angor tumanida – 168 ta
Boysun tumanida – 166 ta
Muzrabot tumanida – 161 ta
Oltinsoy tumanida – 151 ta
Qiziriq tumanida – 136 ta
Bandixon tumanida – 92 ta