Joriy yilning 23- oktabr kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo'limi boshlig'i ishtirokida, viloyatning barcha tumanlar, shahar statistika bo'limlari uchun ZOOM platformasi orqali seminar o'tkazildi.
2023- yil yanvar-sentabr oylari davomida savdo sohasi kuzatuvlari natijasida olingan statistik ma’lumotlar bilan ishlash sifatini oshirish va haqqoniylgini ta’minlash maqsadida,
Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida 2023- yilning III chorak yakuni bo‘yicha tuman statistika kuzatuvlarini tashkil etish:
4-savdo (YATT) “Savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar to'g‘risida”gi;
12-bozor “Qishloq xo‘jalik mahsulotlari sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida”gi ;
12-bozor (chorva) “Chorva mollari va parrandalarni sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida”gi so‘rovnomalari tahlil qilindi.