Viloyat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatimizda 2023- yilning 1- oktabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 21 298 tani tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 5 502 tani tashkil qildi (ulushi 25,8 %). Shunda xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:
🔷Termiz shahri – 806 ta
🔷Denov tumani – 782 ta
🔷Jarqo‘rg‘on tumani – 499 ta
🔷Uzun tumani – 484 ta
🔷Sho‘rchi tumani – 422 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
🔹savdoda – 38 073 ta
🔹sanoatda – 15 914 ta
🔹yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 7 926 ta
🔹qurilishda – 6 917 ta
🔹qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 6 289 ta