Joriy yilning 13- oktabr kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotida boshqarma bosh yuriskonsulti O. Imamov tomonidan yangi qabul qilingan quyidagi normativ-huquqiy xujjatlar yetkazildi:
📌 Siyosiy-ma’rifiy soati”,
📌2023- yil 4- oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi “‘O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sog‘liqni saqlash organlari faoliyati haqida jamoatchilikning xabardorliginini oshirishga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-870-son Qonuni qabul qilindi.
📌2023- yil 3- oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida avtotransport vositalari harakatini yanada tartibli tashkil etish hamda nazorat tartibotlarini soddalashtirish to‘g‘risida”gi 522-son qarori qabul qilindi.
Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti O. Imamov tomonidan batafsil javoblar berildi.