(2023- yil yanvar-avgust oylarida)
Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2023- yilning yanvar-avgust oylarida viloyat korxonalari tomonidan 4596,9 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 105,8 % ni tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 86,9 % ni tashkil etdi.