29/09/2023

Joriy yilning 29- sentabr kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotida boshqarma bosh yuriskonsulti O. Imamov tomonidan yangi qabul qilingan quyidagi normativ-huquqiy xujjatlar yetkazildi:

 

📌 Siyosiy-ma’rifiy soati”,

📌2023- yil 22- sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat organlari ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishning zamonaviy shaklllari joriy etilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021- yil 18- iyundagi 380-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 489-son qarori qabul qilindi.

📌2023- yil 22- sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  492-son qarori qabul qilindi.

 

Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga boshqarma bosh yuriskonsulti O. Imamov tomonidan batafsil javoblar berildi.