Respublikamizda 2023-yilning yanvar-avgust oylarida 60 682 ta yangi kichik tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etilib, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 23 363 ta
sanoat sohasida – 10 228 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 6 865 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 3 950 ta
qurilish sohasida – 3 421 ta
tashish va saqlash sohasida – 2 893 ta
axborot va aloqa sohasida – 2 045 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 1 002 ta
boshqa sohalarda – 6 915 tani tashkil etgan.