Avval xabar berganimizdek, 2023-yilning 18–22-sentabr kunlari Shveytsariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisoidy komissiyasi (UNECE) hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi tomonidan Aholini ro‘yxatga olish haftaligi 2023: Aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish bo‘yicha seminar va ekspertlar guruhining yig‘ilishi tashkil etilgan edi.
2023-yilning 26-sentabr kuni Statistika agentligida Jeneva shahrida tashkil etilgan mazkur seminar hamda ekspertlar yig‘lishi yakunlariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.
Taqdimotda Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi hamda Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda Ro‘yxatga olish metodologiyasi va kartografik hujjatlar bilan ishlash bo'limi boshlig‘i o‘rinbosari Jamshid Eshniyazov tomonidan "Aholini ro‘yxatga olish haftaligi - 2023: aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish bo‘yicha seminar va ekspertlar guruhining yig‘ilishi" da aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning muhimligi, aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish natijalarini e’lon qilishda zamonaviy usullardan foydalanilganligi, aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish 2030-yil raundi tavsiyanomasini ishlab chiqish bo‘yicha maqsadli guruhlarning ishlar olib borayotganligi hamda aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish 2030-yil raundiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli rejalar tuzilganligi to‘g‘risida olingan bilim va ko‘nikmalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir so‘nggida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.