Joriy yilning 22- sentabr kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.
Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti O. Imamov tomonidan, boshqarmasi xodimlariga 2023-yil 13-sentabr kunidagi O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-868-son Qonuni va 2023-yil 15-sentabr kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 475-son qarorining mazmun mohiyati yetkazildi.