2023- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati bo‘yicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 7 148,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 3,7 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 38,6 % ni tashkil etdi.