01/04/2024

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

1-5ec8c0ee-f36c-4063-a442-d21115e9f4ea_p49747

O‘rganishlar natijasida ayrim mahallalarda raqamlashtirish ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmaganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalarning mavjudligi holatlari aniqlanmoqda.

2-18a8053e-f0ed-432e-998b-9ed9c34769ac_p48662

O‘rganish natijalari bo‘yicha hududlar kesimida tahliliy ma’lumotlar tayyorlanib aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishlari uchun mahalliy hokimliklarga doimiy ravishda axborot kiritilib, kerakli chora tadbirlar  ko‘rilmoqda.

3-55d8b701-2d94-481d-9380-8512690a671c_p85002