2024-yilning yanvar-may oylarida jami 7,4 ming nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,9 ming nafarga yoki 65,2 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga oʻqish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni quyidagicha:
Hindiston — 2 241 nafar;
Turkmaniston — 1 937 nafar;
Tojikiston — 950 nafar;
Qirgʻiz Respublikasi — 450 nafar;
Pokiston — 273 nafar;
Janubiy Koreya — 266 nafar;
Xitoy — 266 nafar;
Afgʻoniston — 147 nafar;
AQSH — 132 nafar;
Qozogʻiston — 122 nafar;
Boshqa davlatlar — 618 nafar.