Joriy yilning 29-mart kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotida boshqarma bosh yuriskonsulti O. Imamov tomonidan yangi qabul qilingan quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar yetkazildi:
2024-yil 29-mart kuni O‘zbekiston Respublikasining 18.03.2024-yildagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga fuqarolarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-922-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.03.2024-yildagi “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-49-son Farmonining mazmun mohiyati xodimlariga to`liq yetkazildi.